"Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida bu dovonni birinchi bo‘lib bosib o‘tishga yaqin. Uning eng yaqin ta’qibchisi esa...

  • 1 avgust, 2020, 22:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" tez orada O‘zbekiston chempionatida birinchi bo‘lib, 1900-golini urishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Hozirga qadar "sherlar"ning O‘zbekiston chempionatida kiritgan jami to‘plari soni 1882taga etdi. Yana 18 ta gol urilgach, jamoa o‘zining yubiley 1900-golini nishonlaydi. "Paxtakor"dan keyin, bu borada ayni paytda Pro ligada ishtirok etayotgan "Neftchi" bo‘lib, farg‘onaliklar 1566 ta gol urgan.

O‘zbekiston chempionatida "sherlar" 837 o‘yinning 571 tasida zafar quchgan. 134 durang va 132 mag‘lubiyat qayd etilgan. SSSR chempionati bilan qo‘shib hisoblaganda esa, "Paxtakor" chempionatlarda jami 2079 uchrashuvda maydonga tushib, 1013 g‘alaba, 483 durang hamda 583 mag‘lubiyatga ega. Raqib darvozasi 3464 marta ishg‘ol qilingan. Darvozadan 2309 gol o‘tkazib yuborilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!