
"Paxtakor" O‘zbekiston kubogida ishtirok etmasligi mumkin
Yana bir necha kundan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkaziladi. Ushbu bahslarga 23 dekabr, dushanba kuni soat 15:00da PFLda qur’a tashlanadi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, kubok o‘yinlarida "Paxtakor" klubi ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Bunga sabab jamoada oxirgi paytlarga kelib jarohatlar ko‘payib ketgani aytilmoqda. Qolaversa, "sherlar" tarkibidagi bir nechta futzalchi diskvalifikatsiya qilingan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 3 ta g‘alabagacha kechgan "Paxtakor" - AGMK ishtirokidagi finalda janjallar yuzaga kelgani va bu borada PFL va Sport vazirligining bayonotini taqdim etgandik.
Fikrlar