17 dekabr kuni futzal bo‘yicha XXIII O‘zbekiston chempionatida AGMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchinchi final bahsi o‘tkazildi.
Ushbu bellashuv davomida va o‘yin yakunlangach jamoalar futzalchilari va boshqalar o‘rtasida janjallar ro‘y berdi. Ushbu voqea yuzasidan PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni bayon etdi.
- O‘zPFL AGMK va Paxtakor futzal jamoalari ishtirokidagi chempionlik o‘yinidan keyingi janjal masalasini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirdi. Tez orada ish ko‘rib chiqiladi va aybdorlar jazolanadi, - deya yozdi Diyor Imomxo‘jaev.
Ma’lumot o‘rnida, uchta o‘yin natijasiga ko‘ra olmaliqliklar poytaxtliklardan ustun kelishdi va O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.
Birinchi o‘yin: AGMK - "Paxtakor" 6:1
Ikkinchi o‘yin: AGMK - "Paxtakor" 5:4
Uchinchi o‘yin: AGMK - "Paxtakor" 4:0
Fikrlar