"Paxtakor" va "Nasaf" etakchi, "Navbahor"dan bittagina - Katanets yig‘inga qaysi klubdan nechta futbolchi chaqirdi?

  • 19 mart, 2022, 23:12
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘FA matbuot xizmati milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanetsning "Navruz Cup" turniri uchun tanlagan tarkibini e’lon qildi.

Tecno

Ro‘yxatdan 25 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lib, ulardan 7 tasi legioner sifatida harakat qilmoqda. Qolganlar o‘zimizning ichki chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilar hisoblanadi.

Klublar kesimida oladigan bo‘lsak, "Nasaf" 6 ta (Ergashev, Eshmurodov, Saitov, Nasrullaev, Aliqulov, Bozorov), "Paxtakor" 6 ta (Sayfiev, Alijonov, Hamrobekov, Turg‘unboev, Erkinov, Sobirxo‘jaev), AGMK 3 ta (Rahimov, Komilov, Abdullaev), "Navbahor" bitta (Yusupov), "Lokomotiv" bitta (Qobilov) va "Qo‘qon-1912" bittadan (Sidiqov) futbolchi jo‘natdi.

Ko‘rib turganingizdek, Superligamizda tinimsiz raqobat qilib keladigan "Paxtakor" va "Nasaf" bu erda ham o‘ziga xos kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/03/2022 17:56
Nasafdan Norchaev Akmal Mazgavoyla keyingi yiginlarga boradi. Norchaev usmirlar bilan berga. Akmal Mazgavoy engil tramba bor. keyin Nasafni. Aprel oyiga muhim uyinlari. bor.