"Paxtakor" va "Nasaf"ning Superkubokdagi g‘alati o‘xshashligi

  • 27 fevral, 2022, 14:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
CHERY AUTO

Bugun Yaypanda katta futbol bayrami. "O‘zbekiston" stadioni Superkubok bahsini qabul qilmoqda.

Tecno

Mamlakatimizning kuchli jamoalari "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro bellashadi. "Sherlar" Superliga chempini sifatida, "ajdarlar" esa kubokni qo‘lga kiritib, mana shu uchrashuvga etib keldi. O‘yin 16:00da boshlanadi.

Tarixna nazar soladigan bo‘lsak, Superkubok 6 marta o‘tkazilgan. "Paxtakor" 4 marta ishtirok etgan va bir bor sovrinni qo‘lga kiritgan. "Nasaf" 2 marta qatnashib, bir bor g‘alabaga erishgan.

Qiziq tomoni, bugungi jamoalarning bittadan g‘alabasi aynan o‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan. Ya’ni qarshiliklar 2016 yili "Bunyodkor" stadionida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida taslim etgan. "Paxtakor" 2021 yili "Dinamo" o‘yingohida "Nasaf"ni huddi shu hisobda dog‘da qoldirgan.

Quyida O‘zbekiston Superkubogida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

1999 yil. "Navbahor" - "Paxtakor" 4:2. "Neftchi" stadioni (Farg‘ona)

2000-2013 yillar o‘tkazilmagan

2014 yil. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1. "Jar" stadioni (Toshkent)

2015 yil. "Lokomotiv" - "Paxtakor" 4:0. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

2016 yil. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

2017-2018 yillar o‘tkazilmagan

2019 yil. "Lokomotiv" - AGMK 2:1. "Paxtakor" stadioni (Toshkent)

2020 yil o‘tkazilmagan

2021 yil. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0. "Dinamo" stadioni (Samarqand)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!