
"Paxtakor" va "Navbahor" ishtirokidagi muhim o‘yinlarda VAR ishlamaydi
O‘zbekiston Superligasi 9-turiga start berildi.
Bugun tur doirasidagi 3 ta uchrashuv o‘tkaziladi. "Metallurg" - "Dinamo", "Navbahor" - "Neftchi" hamda "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, keyingi ikki bahsda VAR tizimi ishlashi haqida xabar berilgandi. Ammo O‘zPFL matbuot xizmati bergan so‘nggi ma’lumotda ularda ham VAR ishlamasligi aytildi.
"Ko‘chma televizion stantsiya bilan bog‘liq muammo sababli “Navbahor” — “Neftchi” hamda “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmaydi.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi".
Fikrlar