"Paxtakor" va "Qizilqum" o‘rtasidagi o‘yinlarning eng yaxshi to‘purarlari kimlar?

  • 19 may, 2021, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" va "Paxtakor" jamoalari to‘qnashuvida Zayniddin Tojiev to‘purar hisoblanadi.

Jamoalar oliy ligada 2000 yilgi mavsumdan boshlab uchrasha boshlashgan. Ilk bahs Zarafshon shahrida o‘tib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Aleksey Nikolaev, "Paxtakor"dan Sobir Xodiev gol muallifiga aylangan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Zayniddin Tojiev sanaladi. U "Qizilqum" darvozasiga 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Stanislav Andreev va Igor Sergeev hisobida 6 tadan gol mavjud. Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov 5tadan, Anvar Soliev hamda Kaxi Maxaradze 4 tadan golga mualliflik qilgan.

Ayni paytda "sherlar" safida o‘ynayotgan futbolchilardan Egor Krimets, Dragan Cheran va va Eren Derdiyok raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan. Krimets hisobida ushbu raqibga qarshi urilgan 3, Derdiyokda esa 2 gol mavjud.

Aleksey Nikolaev har ikki jamoa tarkibida raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. U 2000 yil "Paxtakor", 2003 yil "Qizilqum"ga gol urgan. O‘z navbatida raqib tarkibida Marsel Idiatullin "Paxtakor" darvozasiga 2 to‘p kiritgan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari:

8 - Zayniddin Tojiev
6 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev
5 - Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov
4 - Anvar Soliev, Kaxi Maxaradze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!