"Paxtakor" xorijda yig‘in o‘tkazadi
Liga Kubogi final o‘yinidan keyin "Paxtakor" klubining asosiy a’zolari 25 dekabrgacha davom etadigan ta’tilga chiqishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchilar 25-26 dekabr kunlari tibbiy tekshiruvdan o‘tishadi va mashg‘ulotlarni boshlashadi. Yangi yil bayrami bilan bog‘liq tanaffusdan keyin esa 3 yanvardan mashg‘ulotlarga qaytiladi. Jamoa rejalaridan BAAda xorij yig‘ini o‘tkazish ham o‘rin olgan.
Fikrlar