"Paxtakor" yangi transferlarni qachon e’lon qiladi

  • 29 dekabr, 2024, 16:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" tarkibga legionerlar.jalb qilishda davom etadi Klubning keyingi maqsadi ikkita braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash. 

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, jamoa Jonatan va Jonatan Lukkani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ular bilan klub og‘zaki kelishuvga erishdi. 

Jonatanning 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomasi bor. Shu bilan birga, yarim himoyachi Lukkaning ham o‘z klubi bilan tuzgan bitim 2027 yilgacha amal qiladi. Ayni paytda tomonlar shartnomalarni bekor qilishga harakat qilishmoqda. Shundan keyin ikkala futbolchi ham 4-5 yanvarda "Paxtakor"ning Antalyadagi yig‘iniga qo‘shilishadi va shu kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. 

Jonatan (darvozabon)

Faoliyatida 2017 yilgacha Braziliya klublarida to‘p tepgan darvozabon Portugaliyaga ko‘chib o‘tdi. Shundan so‘ng bu mamlakatning "Moreyrens", "Vit. Gimaraesh" jamoalarida harakat qildi. 2021 yilda esa "Riu Ave" uni dastlab ijaraga olib, keyingi mavsum shartnoma imzoladi. U o‘z vaqtida asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan. Bu mavsum ligadagi 8 ta bahsda maydonga tushdi, qolgan 8 tasida esa yosh kiper Tsezari Mishtaga imkon berildi. 

Jhonatan - profil igroka 24/25 | Transfermarkt

Lukka (yarim himoyachi)

Lukkani Pedro Moreyra katta ehtimol bilan tayanch yarim himoyachi sifatida o‘ynatadi. Sababi, klub aynan ushbu pozitsiyaga o‘yinchi qidirayotgandi. 2012 yilda "Roma"ga uni o‘z safiga qo‘shib olgan va umuman maydonga tushirilmagan. Shundan keyin Braziliyaga qaytadi. 2015 yilda esa Ziko uni Hindistonga taklif qiladi. "Goa" klubidagi bir mavsumlik ijaradan so‘ng yana o‘z vataniga keladi. 2018 yilda yarim himoyachining Portugaliyadagi sayohati boshlanadi. 2023 yilda AVS SAD bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi. O‘tgan mavsum jamoa ikkinchi diviziondan birinchisiga ko‘tarildi. 

Jonatan Lucca - profil igroka 24/25 | Transfermarkt

"Sherlar" kelasi oyda bu transferlarni e’lon qiladi. Ungacha boshqa futbolchilar bilan bitimni yangilash ishlarini olib boradi. Tez orada Doston Hamdamov jamoada qolgani e’lon qilinsa, undan keyin Sardor Sobirxo‘jaevning yakuniy qarori ma’lum bo‘ladi, ya’ni unga Superliganing boshqa klublaridan takliflar bor, lekin "Paxtakor" u bilan shartnomani yangilashni istaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!