“Paxtakor” yanvarda Turkiya va fevralda BAAda yig‘in o‘tkazadi

  • 28.12.2016 13:13
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kecha “Paxtakor” futbolchilari Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bugungi mashg‘ulot “Yoshlik” stadionida trenajyor zalida o‘tkazildi. Ertaga esa ikkiga bo‘lingan holda uchrashuv o‘tkaziladi. Shu bilan birinchi yig‘in yakuniga etadi.

Yangi yildagi tayyorgarlik rejasiga keladigan bo‘lsak, 2-14 yanvar kunlari Toshkentda yig‘in davom ettiriladi. 15-30 yanvar kunlari BAAning Sharja amirligida, 5-19 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘inlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!