
“Paxtakorchi” kashf qilgan futbolchini “Sevilya” kutmoqda
“Rubin” klubi selektsiya bo‘limda ishlagan sobiq “paxtakorchi” Marat Kabaev qozonliklar uchun Sardor Azmunni kashf qilib bergan edi. Kabaevning sa’y-harakatlari bilan 2013 yili Rossiya futboliga kirib kelgan eronlik futbolchi Qozon shahri jamoasida jami 27 ta uchrashuvda beshta gol urgan.
Ayni paytda “Zenit” etakchisi hisoblangan Sardor anchadan beri xorij klublari e’tiborini tortmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Sevilya” Azmunni yozgi transferlardagi asosiy nishoni sifatida belgiladi. Chunki sevilyaliklar eronlik futbolchi tipidagi markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
26 yoshli futbolchining o‘zi ham anchadan beri kuchli chempionatlarda o‘ynamoqchi. “Zenit” kelasi yili hujumchi erkin agentga aylanmasidan uni sotib yuborishni mo‘ljallagan. Piterliklar hujumchini 20 million evroga baholamoqda.
Sardor Azmun joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida 15 ta o‘yinda 11 ta gol urib ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar