
"Paxtakor"da 2 ta yo‘qotish bor yoxud Superliganing 15-turida yana kimlar maydonga tusha olmaydi?
Xabaringiz bor, bugun Superligada 15-tur uchrashuvlari boshlanadi. 14 nafar futbolchi esa diskvalifikatsiya sababli ushbu turni o‘tkazib yuboradilar.
Masalan, Farruh Sayfiev (“Navbahor”), Oleg Zoteev (“So‘g‘diyona”), Sanjar Qodirqulov (“Neftchi”), Davron Hoshimov (“Metallurg”) kabi o‘yinchilarni aytish mumkin.
Qolaversa, “Nasaf”ga qarshi markaziy uchrashuv oldidan “Paxtakor”da ikkita yo‘qotish bor. Abdurauf Bo‘riev va Shaxzod Azmiddinov jamoasiga yordam bera olmaydilar.
Fikrlar