
"Paxtakor"dan ketgan Slavche Voyneski: "Jamoa ichidagi muhit yaxshi emas. Hattoki, kichik guruhlarga bo‘linib ketgan"
Bir necha kun oldin "Paxtakor" klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Slavche Voyneskining ishdan olingani haqida ma’lum qildi. SPORTS.uz muxbiri darhol shimoliy makedoniyalik mutaxassis bilan bog‘lanib, uning fikrlari bilan qiziqdi. Quyida intervyudan qisqa parcha keltiramiz.
- Maksim Shatskix klub sport direktori etib tayinlanganidan keyin nima o‘zgardi?
"Avvalo, Irismetov va Xodievning ketishiga to‘xtalsam, bu ketishlar biroz ertaroq sodir bo‘ldi. Chunki bu kabi katta o‘zgarishlar chempionatdagi qaysidir o‘yindan oldin bo‘lishi kerak emasdi. Aytmoqchimanki, “Surxon”ga qarshi bellashuvdan bir kun oldin ushbu rasmiylar klubdan ketishdi. Albatta, bunday holatlar jamoada muvozanatni yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
O‘ylaymanki, mazkur mutaxassislar jamoa bilan mavsum yakunigacha yoki davra oxirigacha qolganida, bizda kamida +6 ochko bo‘lishi mumkin edi. Ular ketganidan so‘ng keyingi haftalarda ruhiy jihatdan tayyor emasdik, ko‘p ochko yo‘qotib qo‘ydik. Shatskixga to‘xtalsam, u kelganidan keyin qandaydir yangi o‘zgarishni sezmadim. Faqatgina jamoada ruhiy tomondan bosim ko‘paydi. Jamoa ichidagi muhit ham yaxshi emasdi. Hattoki, kichik guruhlarga bo‘linib ketishgandi. Bu kabi holatda jamoani boshqarish juda qiyin. Jamoadagi bo‘linishlar so‘nggi ikki hafta ichida ortib ketdi. O‘shanda men aynan shu masala haqida rahbariyatga o‘z fikrlarimni bildirgandim".
Quyida to‘liq intervyuni o‘qishingiz mumkin:
Slavche Voyneski: "Paxtakor"dan ketishim bir oy avval hal qilib bo‘lingandi"
Fikrlar