
"Paxtakor"ga nima bo‘lyapti?
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, "sherlar"ning Superligadagi g‘alabasiz seriyasi 4ta o‘yinga etdi. So‘nggi bor toshkentliklar 4-turda "Navbahor" ustidan g‘alaba qozongan edi. Shundan keyin 4ta bahsda durang qayd etildi.
Ma’lumot uchun, "Paxtakor" ayni damda turnir jadvalida bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 14 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar