"Paxtakor"ning "Bunyodkor"ga qarshi o‘zaro o‘yinlardagi to‘purari kim?

  • 12 noyabr, 2022, 01:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent derbisida eng ko‘p gol urgan futbolchilar haqida ma’lumot taqdim etamiz.

Tecno

Derbilarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi Igor Sergeev bo‘lib turibdi. Igor hozirgacha 8 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Braziliyalik Tiago Bezerra esa "qaldirg‘ochlar" darvozasiga 5 ta gol urgan. Dragan Cheran, Doston Hamdamov va Mirjahon Mirahmadov hisobida esa 4 gol mavjud. Hamdamov 3 golini "Bunyodkor" va bir to‘pini "Paxtakor" uchun kiritgan. Doston har ikki jamoa uchun gol urgan yagona futbolchi sanaladi.

Jamshid Iskanderov va Nurillo To‘xtasinov esa 3 tadan to‘p muallifiga aylangan.

sergeev_1

"Bunyodkor" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari


8 - Igor Sergeev
5 - Tiago Bezerra
4 - Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Mirjahon Mirahmadov
3 - Jamshid Iskanderov, Nurillo To‘xtasinov.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!