"Paxtakor"ning ikki himoyachisi OChLda eng zo‘r bo‘lish uchun da’vogar

  • 26 oktabr, 2020, 20:07
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi g‘arb mintaqasi klublari orasida musobaqaning ortda qolgan o‘yinlarining eng yaxshi himoyachilarini saralash uchun so‘rovnoma boshlandi. Quvonarlisi, undan hamyurtlarimiz Hojiakbar Alijonov hamda Farruh Sayfiev o‘rin oldi.

Tecno

Hojiakbar Alijonov (Paxtakor)

"Paxtakor" o‘zbek jamoalari orasida 2009 yildan beri chorak finalga etib kelib, eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi. Ularning ijrochilaridan biri Hojiakbar Alijonov bo‘ldi. Toshkentliklarning kuchli sakkizlikka kirishiga himoyachi o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan munosib hissa qo‘shdi. Uning statistikasi:

12 bor to‘p olib qo‘yish;

33 duelda g‘alaba qozongan;

6 ta vaziyat yaratib, 1 assist muallifiga aylangan.

Farruh Sayfiev (Paxtakor)

Farruh Sayfiev aksariyat zamonaviy qanot himoyachilarida bo‘lgani kabi, har ikki qanotda sifatli o‘yin ko‘rsata oladi. O‘zbekistonlik futbolchi "Persepolis"ga qarshi kechgan chorak finaligacha 3 ta o‘yinda atigi 1 ta gol o‘tkazib yuborgan va jamoadoshlarini 4 bor xavfli vaziyatga chiqargan.

To‘p olib qo‘yishdagi 63 % samaradorlik;

11 bor sheriklarini bo‘sh hudud bilan ta’minlagan;

4 ta vaziyat yaratgan.

Quyidagi havola orqali vakillarimizga ovoz berishingiz mumkin:

https://www.the-afc.com/competitions/afc-champions-league/latest/news/vote-for-your-best-afc-champions-league-2020-west-team-defenders

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
26/10/2020 22:08
Эрондан номзод бўса, фойдаси йўқ. Булар 36 соат интернетда ўзиникига овоз беради. Бизаникилаям ўзимизани боллага овоз беришади, фақат фарқи бизаникила самимий !!!