
"Paxtakor"ning "Istiqlol"ga qarshi o‘yinlarida qanday natijalar kuzatilgan? Eron klubi safida 2 nafar legioner mavjud
Chempionlar Ligasi nimchorak finalida "Paxtakor" bugun Eronning "Istiqlol" jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Ushbu jamoa bilan "sherlar" 2011 yil guruh bosqichida maydonga tushishgan. O‘shanda Tehronda "Istiqlol" 4:2, Toshkentda "Paxtakor" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Toshkentda maydonga tushgan futbolchilardan Vladimir Kozak va Egor Krimets hamon jamoa sharafini himoya qilmoqda. Krimets o‘shanda g‘alaba keltirgan golni urgan. "Istiqlol" "A" guruhida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" va Iroqning "Shorta" jamoalari bilan o‘ynab, 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Eron chempionatida yakunlangan mavsumda 2-pog‘onaga ega chiqdi. 8 marta Eron chempionati va 7 bor Eron Kubogida zafar quchgan. Oxirgi marta 2013 yil Eron chempioniga aylangan. Jamoani ushbu yildan mahalliy mutaxassis, futbolchilik paytida "Istiqlol"da o‘ynagan Majid Namju Motlaq boshqarib kelmoqda. Asosiy futbolchilar sifatida Vorya G‘afuri, Ali Karimi va Mehdi G‘ayedini ko‘rsatish mumkin. Ikki nafar legioneri bor - xorvatiyalik Xrvoe Milich va malilik Cheyk Diabate.
Bellashuvni diskvalifikatsiya sababli jamoamizdan Akram Komilov, raqibdan Xrvoe Milich o‘tkazib yuboradi.
"Paxtakor" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasida Chempionlar Ligasi nimchorak final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45da Dohadagi "Al Janub" stadionida boshlanadi.
"Istiqlol"ning futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar
1. Saidhussayn Hussayni
19. Hussayn Purhamidi
78. Alirizo Ansari
Himoyachilar
3. Milad Zakipurkinji
4. Ruzbeh Cheshmi
5. Aref Qulami
21. Vorya G‘afuri
22. Siavash Yazdani
30. Abdulazim Gyok
32. Amirhussayn Karegar
33. Xrvoe Milich (Xorvatiya)
41. Arash Dajliri
57. Shahin Tohirxoni
66. Mas’ud Riki
70. Muhammad Daneshgar
74. Erfan Rohani
Yarim himoyachilar
6. Ali Karimi
8. Farshid Ismoili
9. Ali Dashti
14. Farshid Bageri
15. Sina Xadempur
17. Zakaria Moradi
23. Dariush Shojaian
40. Amirhussayn Xodamoradi
80. Muhammad Bolbolirami
88. Arash Rezavand
Hujumchilar
7. Cheyk Diabate (Mali)
10. Mehdi G‘ayedi
42. Fardun Rabet
43. Muhammad Abedi
72. Amirarsalan Motahhari
Fikrlar