
"Paxtakor"ning OChLdagi guruhdoshi yana bir yulduz futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Frank Riberi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.
Kicker nashri tarqatgan xabarga qaraganda 36 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Al Sadd" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Riberining nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yozda erkin agentga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Riberi “Bavariya” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi 4 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Al Sadd” Qatarning amaldagi chempioni hisoblanadi. Xavi va Gabi kabi mashhur futbolchilar to‘p suradigan ushbu jamoa joriy mavsum Osiyo chempionlar ligasida “Paxtakor” klubi bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.
Fikrlar