"Paxtakor"ning Qatar klublariga qarshi statistikasi qanday?

  • 12.04.2022 18:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor" jamoasi Qatar jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda faqat Chempionlar Ligasida to‘qnash kelgan.

"Sherlar" Qatarning 5 klubiga qarshi jami 16 uchrashuvda maydonga tushgan. “Al-Garafa” bilan eng ko‘p duch kelgan – 6 bor. "Al-Sadd" bilan to‘rt bor, “Qatar” SK, “Al-Arabi” va “Al-Duxayl” ("Lahviya") bilan esa ikkitadan uchrashuv o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 5 g‘alaba, 5 durang va 6 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 24 marta ishg‘ol qilinib, 23 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentda Qatar jamoalariga qarshi etti bellashuv bo‘lib o‘tgan. Ular 4 g‘alaba va 3 durang qayd etilgan. 14 to‘p kiritilgan va 6 gol qo‘yib yuborilgan. Quyida ”Paxtakor” bilan to‘qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.

paxtaaaa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!