"Paxtakor"ning rejalari qanday?

  • 21.05.2021 15:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qizilqum" bilan o‘yindan keyin "Paxtakor" asosiy tarkibi a’zolari 25 maygacha qisqa ta’tilga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Superligadagi navbatdagi o‘yin 19 iyun kuni bo‘lib o‘tishi sababli, murabbiylar shtabi futbolchilarga 5 kunlik dam olish imkoniyatini taqdim etdi. Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Farrux Sayfiev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Hojiakbar Alijonov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov va Sharof Muhiddinov milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etadi.

Shuningdek, murabbiy Mirko Elichich ham milliy terma shtabiga jalb etilgan.

Diyor Xolmatov esa O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida Kievda Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashish uchun chaqirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!