"Paxtakor"ning Turkiyaga yo‘l olgan tarkibi ma’lum. Yig‘in doirasida bolgariyalik futbolchi ko‘rikdan o‘tadi

  • 5 fevral, 2022, 14:02
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

5-20 fevral kunlari "Paxtakor" Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Tecno

Yig‘inda "Paxtakor"ning 39 nafardan iborat delegatsiyasi ishtirok etadi - murabbiylar shtabi, futbolchilar va xodimlar. Jasur Yoqubov va bolgariyalik himoyachi Kamen Xadjiev ushbu yig‘in doirasida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘in davomida 4 nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan:
7 fevral
"Paxtakor" - "Minay"
10 fevral
"Paxtakor" - "Ufa"
15 fevral
"Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi
19 fevral
"Paxtakor" - "Dinamo" Kiev

Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov.

Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Sherzod A’zamov, Shahzod Azmiddinov, Abubakir Ashurov, Jasur Yoqubov, Kamen Xadjiev.

Yarim himoyachilar - Dragan Cheran, Sardor Sobirxo‘jaev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov, Abbos Fayzullaev, Ikrom Aliboev, Ruslan Roziev, Abbos Ergashboev, Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboev, Odil Hamrobekov.

Hujumchilar - Oliver Sharkich, Sherzod Temirov, Mirjahon Mirahmadov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Murabbiylar shtabi - Slavche Voyneski, Nikola Karchev, Dunyajan Chichekverdi, Yuriy Siyanov.

Texnik direktor - Sobir Xodiev, sport direktori - Ja’far Irismetov.

Ma’murlar - Shoyunus Shoqodirov, Doston Tolibjonov, Adham Samigov.

Massajchilar - Shavkat Eryomin, Vitaliy Sizov, Akbar Shayakubov.

Shifokor - Umid Bahromov, tasvirchi - Hojiakbar Sharapov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
05/02/2022 15:54
Дунёдаги иккита жамоа ҳеч қачон пасайиб кетмайди. Бу “Реал” ва “Пахтакор”