"Paxtakor"ning Turkmaniston klublari bilan to‘qnashuvlar tarixi qanday?

  • 22 oktabr, 2023, 10:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubini oldinda Osiyo Chempionlar ligasi 3-turida o‘z maydonida Turkmanistonning "Ahal" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Paxtakor" matbuot xizmati uchrashuv oldidan statistik raqamlarni havola etdi.

"Sherlar" tarixda turkman klublariga qarshi Osiyo klublar turnirlaridan tashqari boshqa musobaqalarda ham to‘qnash kelishgan.

Osiyo klublar musobaqalarida ikki klubga qarshi 4 bellashuv o‘tkazilgan. 1994 yil Kubok egalari Kubogi saralash bosqichida Qozog‘istonning Jambul shahrida kechgan guruh bosqichida "Merv" 4:0 hisobida dog‘da qoldirilgan. 1998 yil esa Kubok egalari Kubogida "Nisa" bilan to‘qnash kelingan. Safarda 0:5 hisobida yutqazgan "Paxtakor" javob o‘yinida 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, ajoyib kambek qayd etgan! 2003 yil Chempionlar Ligasi doirasida Toshkentda "Nisa" 3:0 hisobida mag‘lub etilgan. Jami 4 uchrashuvda 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi esa 13:5.

"Paxtakor" Turkmanistonning "Kopetdog‘" jamoasi bilan SSSR birinchi ligasi va Kubogi, MDH Chempionlari Kubogi bahslarida ham maydonga tushgan. Jami 18 bellashuvda 11 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!