
Pedriga individual sovrinlar kerak emas!
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri hech qachon individual sovrin yutish niyatida emas shekilli. Ispaniyalik yarim himoyachi faoliyati davomida dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritgan edi.
“Men hech qachon “Oltin to‘p” yoki boshqa shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ymaganman. Shunga qaramay, har kuni yaxshilanishga harakat qilaman. Nufuzli individual sovrinni qo‘lga kiritish yaxshi, lekin men o‘z oldimga bunday maqsadlarni qo‘ymayman", - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo".
Eslatib o‘tamiz, Pedri ushbu mavsumda "ko‘k-anorranglilar"safida 26 bahsda qatnashib, 6 ta gol va samarali uzatma amalga oshirib, jamoasining La Ligada g‘olib chiqishga yordam berdi.
Fikrlar