Pedro A Seriya startini o‘tkazib yuboradi
“Chelsi” bilan shartnomasi tugab, “Roma”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Pedro elkasidan operatsiya qilindi.
Eslatib o‘tish lozimki, Pedro “Arsenal”ga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi finalida jarohat olgan edi. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun taxminan 6 hafta vaqt ketishini aytishmoqda. Agar shunday bo‘lsa, Pedro A Seriyada mavsum startini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasida yangi mavsum 19 sentyabr kuni start oladi.



Fikrlar