
Pedro Rimga etib keldi
Yaqinda shartnomasi yakunlanib “Chelsi”dan ketgan yarim himoyachi Pedro Rodriges Italiyaga etib keldi.
Jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi “Roma” safiga borib qo‘shiladi. U yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 3 mln evro maosh oladi.
Pedro o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar