"Pekin-2022" qishki Olimipiya o‘yinlarining mash’alasi alanga oldi

  • 18 oktabr, 2021, 16:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

Bugun Gretsiyaning qadimiy Olimpiya shaharchasida "Pekin-2022" qishki Olimpiya o‘yinlarining mash’alasi alanga oldi. Mazkur tadbirda Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropulu, XOQ Prezidenti Tomas Bax, Gretsiya MOQ rahbariyati va jahon sportining taniqli vakillari ishtirok etishdi.

Epidemiologik vaziyat sabab marosim muxlislarsiz o‘tdi. Gretsiya MOQning ma’lum qilishicha, mash’ala estafetasini tog‘ chang‘isi bo‘yicha greklarning taniqli sportchisi Ioannis Antoniu boshlab beradi. Shundan so‘ng qadimiy “Panatinaikos” stadionida mash’alani bo‘lajak Olimpiada mezboni – Pekin shahri mutasaddilari va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillari qabul qilib olishadi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirga ham tomoshabinlar kirishi man etiladi. Tomas Bax boshchiligida o‘tadigan marosimga akkreditatsiyadan o‘tgan 200 shaxs kira oladi. Mash’ala 19 oktyabr kuni Pekinga olib ketiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!