Pellegrini "Vest Xem" bilan kelishuvga erishdi
“Vest Xem”ning yangi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini bo‘ladi.
Italiyalik mashxur jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha 64 yoshli mutaxassis londonliklar bilan uch yillik shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishgan.
Ta’kidlash kerakki, Pellegrini Angliya premer-ligasida ishlash tajribasiga ega. Boisi u 2013 – 2016 yillarda “Manchester Siti” klubida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Pellegrinining so‘nggi ish joyi Xitoyning “Xebey Chayna Fortun” klubi bo‘lgan edi.



Fikrlar