
Pep Gvardiola: "Biz "Kopengagen"ni aslo osonlikcha mag‘lub etganimiz yo‘q..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Kopengagen"ga qarshi Evropa chempionlar ligasi o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Real" "Leyptsig" bilan o‘yinda qiynaldi. Biz ushbu nemis klubi bilan o‘ynaganimizda "hammasi oson bo‘ladi", deb qabul qilinardi. Aslida, unday emas.
Biz "Kopengagen"ni ham aslo osonlikcha mag‘lub etganimiz yo‘q, barchasi murakkab edi. Umumiy 6:2 hisobi yakuniy xulosa uchun kamlik qiladi.
Hamon APLda, Angliya kubogida zafar quchish mushkul vazifa. Ammo ular bizga nisbatan buni oddiy qabul qilishadi. Demak, bu yaxshi. Sababi, bizni o‘ta jiddiy qabul qilishyapti.
Shunga qaramay, men va yigitlarim barchasi osonlik bilan qo‘lga kiritilmasligini yaxshi bilamiz. Klub, rahbariyat, muxlislar va xodimlarimiz ham shuni his qilgan holda ish olib borishlarini istardim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar