Pep qamog‘idan ozod bo‘lgan Jek
APL 3-turi doirasida "Everton" "Vulverxempton"ni 3:2 hisobida taslim etdi.
Ahamiyatlisi, mazkur bellashuvda "irischilar" safida yozda "Siti"dan kelib qo‘shilgan Jek Grilish 2 ta assist muallifiga aylandi. Qayd etish lozim, u bundan avvalgi "Brayton"ga (2:0) qarshi uchrashuvda ham sheriklarining ikki goliga assistentlik qilgandi.
U o‘tgan mavsum "shaharliklar" safida APL doirasida butun mavsum davomida atigi 1 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.
Ayni vaqtda Jek APLda 4 ta assist bilan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yaqqol etakchi bo‘lib turibdi.



Fikrlar