Per-Emerik Obameyang: Afrikalik ekanligimdan faxrlanaman

  • 13.05.2019 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang o‘zining tvitterdagi sahifasida "Liverpul"dagi qit’adoshlari Muhammad Saloh va Sadio Manelar bilan bir qatorda APL to‘purari bo‘lgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men afrikalikman va bundan faxrlanaman. “Oltin butsa”ni Saloh va Mane kabi birodarlarim bilan bo‘lishaman”, - deb yozadi gabonlik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang, Saloh va Mane joriy mavsum APLda 22tadan gol urib, musobaqa to‘purari bo‘lishdi. E’tiborlisi, ularning barchasi Afrika qit’asidan hisoblanishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!