
Peres 1 yanvargacha katta transferni hal qilmoqchi
"Real" prezidenti Florentino Peres qishki transfer oynasida PSJ yulduzi Kilian Mbappeni sotib olishga harakat qilishini ta’kidladi.
"Umid qilamanki, 1 yanvargacha hammasi hal bo‘ladi", - dedi Peres. O‘tgan yozda "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini sotib olish borasida ish olib borgan. Biroq Parij klubi o‘z yulduzini qo‘yib yuborishdan bosh torgandi.
22 yoshli hujumchining o‘zi ham faoliyatini madridliklar safida davom ettirmoqchiligini yashirib o‘tirmayapti. Hatto, Kilian bu haqda terma jamoadagi sherigi, "Real" etakchisi Karim Benzemaga aytganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mbappe 2017 yildan beri parijliklar libosida harakat qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u 182 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 136 gol va 66 asisstni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.
Fikrlar