Peres Mourinyo haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 13.05.2026 13:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Florentino Peres "Real" bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis, hozirda "Benfika"ni boshqarayotgani va madriddliklar rahbariyati bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lumot tarqalgan edi. Rasmiy bayonot kelasi hafta e'lon qilinishi kutilmoqda.

"Mendan bu haqida so'rashlarini o'ylamagan edim. Biz hozir jarayonning bu bosqichida emasmiz. Hozirgi vazifamiz — “Real Madrid” klubini bizdan tortib olmoqchi bo'lganlarga qarshi uni himoya qilish. Men ular bilan gaplashmoqchiman va o'zlarini tanishtirishsin. Ulardan hayotida “Real” uchun nima qilganini so'rayman.

“Madrid”ga qarshi bu absurd kampaniyaga chek qo'yish kerak. Bunchalik buyuk “Real” hech qachon bo'lmagan. Meni klub tarixidagi eng yaxshi prezident deb saylashdi, bu haqida gapirishning o'zi menga noqulay. Bugun biz futbol haqida gapirayapganimiz yo'q", — dedi Peres matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!