
Peres Ronalduni "Real"da olib qolmoqchi
Madridning "Real" klubi rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
El Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlari “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresni to‘liq qanoatlantirmoqda va shu bois u bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu PSJ hujumchisi Neymar (40 mln evro) hamda “Barselona” forvardi Lionel Messilardan (50 mln evro) kam maosh olayotganidan noliyotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar