
Peres Xabi Alonsoning kelishi haqida nimalar dedi?
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin Real Madrid Xabi Alonsoni yangi bosh murabbiy deb e’lon qilgan holda, shartnoma imzoladi. Ushbu tanishtiruv marosimidan so‘ng jamoa prezidenti Florentino Peres ispaniyalik mutaxassis haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Madridizm — bu har kuni yurakda barpo bo‘ladigan tuyg‘udir. "Real Madrid" insonlar qalbidan joy olgan, chunki bu gerb jamoa har kuni sa’y-harakat qiluvchi qadriyatlarni ifodalaydi.
Bu erishilgan rekordlar, unutib bo‘lmas g‘alabalar va so‘nggi yillarda klub tarixidagi eng buyuk davrlardan birini yaratishga zamin yaratgan qadriyatlardir.
Klubning eng katta kuchi — bu orzularni amalga oshirish uchun doim olg‘a intilishdir. Shuning uchun bugun — alohida kun. Bugun biz bilan dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U "Real Madrid" nima ekanini, bu futbolka qanday ma’no kasb etishini juda yaxshi biladi.
Bugun biz o‘zimizning odamimizga — Xabi Alonsoga xush kelibsiz deymiz" - deya ta’riflab o‘tdi jamoa prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Xabi "qirollik klubi"dagi ilk uchrashuvini Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Al-Hilol"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar