Peres Zidanga nimalarni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 12.03.2019 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaga qaytgan bosh murabbiy Zinedin Zidanga 3ta narsaga va’da berdi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Peres Zidanga mavsumlar oralig‘ida xuddi 2009 yilda bo‘lgani kabi Krishtianu Ronaldu darajasidagi 3ta futbolchi sotib olinishiga va’da bergan.

Bundan tashqari u frantsiyalik mutaxassisning har qanday qarorini qo‘llab-quvvatlashini ham aytgan.

Peres shuningdek Zidanga xuddi Xosep Gvardiola va Diego Simeone kabi top darajadagi murabbiylar oladigan maosh to‘lanishini ham va’da qilgan. Endi Zidanning “Real”dagi yillik maoshi 16 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!