PFL 2 ta klubni nega chetlashtirgandi? Bugun Diyor Imomxo‘jaev jonli efirda javob beradi

  • 3 iyul, 2020, 17:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha O‘zbekiston professional futbol ligasi “Sherdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari belgilangan talablarni bajarmayotgani hamda qatnashchilik badali va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarilgani borasida xabar bergandi.

Shundan so‘ng "Sherdor" murabbiyi ushbu qarordan noroziligini bildirdi. Bunga esa PFL jim qarab turmoqchi emas va mavzuga bugun jonli efirda nuqta qo‘yilishini istamoqda. Bu haqda tashkilot direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

- Bugun soat 19:00 da Sport-TV kanalida chiqish qilib, "Sherdor" va "Ittifoq-Navoiy" futbol klublari nima uchun Birinchi ligadan chetlashtirilganini tushuntiraman. Klub murabbiyi Baxtiyor Sattorovning ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonoti va undagi chalkash fikrlarini konkretlashtiraman.

Kecha Muborakda "Buxoro" va "Metallurg" o‘yini nima sababdan o‘tkazildi-yu, nega endi "Mash’al"ning "Paxtakor"ga qarshi o‘yini surildi, bu borada ham tushuntirish beraman. Alisher Nikimbaevning PFL haqidagi ketma-ket chiqishlari borasida savollar bo‘lsa, ularga ham javob qaytaraman. PFL hamma savollar va mavzular uchun ochiq, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!