
Pike “Barsa”ga “Real” tarbiyalagan zo‘r o‘yinchini topib berdi
Yulduzli onlarini “Barselona”da o‘tkazgan Jerar Pike klub rahbariyatiga “Vilyarreal” yarim himoyachisi Daniel Parexoni olishni maslahat berdi. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar tarqatdi.
Ayni paytda bosh murabbiy Xavi Ernandes tajribali yarim himoyachi Serxio Busketsning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti. Busketsning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va u AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
Shu bois, kataloniyaliklar ham Parexoning “Barsa”ga ko‘chib o‘tishidan manfaatdor. 33 yoshli Parexo 2020 yildan beri “Vilyarreal” safida to‘p tepmoqda. Avval “Valensiya”da o‘ynagan futbolchi aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Parexoning “Vilyarreal” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgani bois, kataloniyaliklar ma’lum miqdorda to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar