Pike “Barselona”ga qarshi bosh ko‘tardi

  • 26 oktabr, 2020, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Barselona” bilan maoshi kamaytirilgan yangi shartnomani imzolagan Jerar Pike  klub rahbariyatini qattiq tanqid qildi.

- Men hech kim bilan munosabatlarim yomonlashishini istamayman. Men “Barsa” o‘yinchisi sifatida klub rahbariyat avvalgi o‘yinchilar va murabbiylar qatorida hozirgi futbolchilarni ham tanqid qilishlari uchun juda ko‘p pul sarflaganini ko‘rdim. Men Bartomeudan bunga izoh so‘radim. U bo‘lsa “Mening xabarim yo‘q”, deb qutildi. Bu ishlarning boshida turgan odamlar hamon klubda ishlayapti. Buni o‘zgartirish shaxsan mening qo‘limdan kelmaydi. Lekin jim ham turolmadim, hamma bilsin, - deydi Pike.

Gap shundaki, “Barselona” ijtimoiy tarmoqlarda va internet olamida klub prezidenti Jozep Bartomeuning imijini ko‘taradigan kompaniyani yollagan edi. Bu kompaniya Bartomeuning obro‘sini himoya qilish barobarida klub yulduzlarining hurmatini to‘kish maqsadida turli informatsion xurujlar uyushtirmoqda.

“Barsa” prezidenti va direktorlar kengashi vakillarini yoqlayotgan kompaniya ijtimoiy tarmoqlar orqali Lionel Messi, Jerar Pike, Xavi, Karles Puyol va Xosep Gvardiola kabi klubda samarali mehnat qilgan futbolchi va murabbiylarning sha’nini bulg‘ab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!