
Pike: "Vinisiusni "Barsa"ga taklif qildim"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni Kataloniya klubiga taklif qilganini aytdi.
"Men Vinisius bilan uni "Barsa"ga o‘tishga ishontirish uchun gaplashganman", - dedi Pike Twitch translyatsiyasi vaqtida.
Braziliyalik futbolchi 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga o‘tgandi.
Vinisius joriy mavsum "Real" safida La Liga doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar