Pikening jamoasi "Paxtakor" a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 15 iyul, 14:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riev Evropa klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Futbolchiga hozirda 2 ta klub qiziqish bildirmoqda 
 
Gretsiyaning AEK klubi yarim himoyachini diqqat bilan kuzatmoqda. AEK o‘tgan mavsum Gretsiya ligasida 53 ochko jamg‘argan holda, chempionatni 2-o‘rinda yakunlagan. Klub bu mavsum Konfrentsiyalar ligasida o‘ynashi ham mumkin. Hozirda ular saralash bosqichida o‘z raqibini kutib turibdi.

Tecno

Ispaniya Segunda jamoasi "Andorra" Bo‘rievni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ispaniya klubi Abduraufni Jahon chempionatida porlaydigan yosh iste’tod sifatida ko‘rmoqda. Bu kubning prezidenti "Barselona"ning sobiq o‘yinchisi Jerard Pike hisoblanadi. Jamoa o‘tgan mavsum Segundada 60 ochko bilan chempionatda 4-o‘rinni band qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdurauf Bo‘rievning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 500 ming evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!