Pikening jamoasi yuqori divizionga ko‘tarildi

  • 29 iyul, 2019, 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pikega tegishli bo‘lgan "Andorra" klubi Segunda B ga ko‘tarildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Reus Deportiva" klubi moliyaviy muammolar sabab Segunda B da ishtirok etolmasligi oydinlashgach, uning o‘rnini 422 ming evro to‘lagan "Andorra" egalladi.

Ma’lumot uchun, Pike ushbu klubni 2018 yil sotib olgan edi. O‘sha paytda klubning 200 ming evro qarzdorligi mavjud edi.

Eslatib o‘tamiz, Pike kecha, ya’ni 28 iyul kuni "Ximnastik Manres" klubini ham sotib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!