Pirlo "Barselona" bilan o‘yinda Ronalduning ishtirok etishi borasidagi savolga javob berdi

  • 27 oktabr, 2020, 23:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Barselona" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrea Pirlo koronavirusga chalingan Ronalduning o‘yinda ishtiroki borasidagi jurnalistlarning savoliga javob berdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

- Biz Krishtianuning test natijasini kutishimiz kerak. U yaqin soatlar ichida chiqadi. Ronaldu o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, keyin ma’lum bo‘ladi, - dedi Pirlo.

Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi yoki yo‘q?

0e1e1ec67c4095981a73c13a4941787b5df3bb3ebba79544059320

Avvalroq, beIN Sports nashri portugaliyalik yulduz kataloniyaliklar bilan uchrashuvda ishtirok etmasligini yozgandi. Chunki u turinliklarning o‘yindan oldingi so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan. Endi Krishtianuning test natijasi yaxshi chiqsa ham o‘ynamasligini yozgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!