Pirlo o‘zi istagan jamoaga Messini kiritib, Ronalduni chetda qoldirdi

  • 10 avgust, 2020, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalistlar Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “Yuventus”ni qabul qilib olgan Andrea Pirloni uyaltirib qo‘yishdi.

Tecno

Gap shundaki, Pirlo bundan besh yil muqaddam orzusidagi jamoa hujumida Lionel Messini ko‘rish istagini bildirgan va o‘zi o‘ynatishni istagan 11 nafar futbolchi qatoriga Krishtianu Ronalduni kiritmagan edi.

O‘shanda Pirlo quyidagi futbolchilarni tanlagan edi: Buffon, Kafu, Kannavaro, Maldini, Lam, Skoulz, Gattuzo, Xavi Ernandes, Kaka, Messi va Indzagi.

“Yuventus” bilan ikki yillik shartnoma tuzgan Andrea Pirlo orzusidagi futbolchilar orasida faqatgina Janluiji Buffon bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!