Pirlo qachon iste’foga chiqariladi?

  • 5 aprel, 2021, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo tez orada o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaning bergan ma’lumotiga qaraganda, 41 yoshli mutaxassisning “keksa sinora”dagi taqdiriga 7 aprel kuni "Napoli"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda qayd etiladigan hisobdan kelib chiqqan holda oydinlik kiritiladi. Agarda ushbu bellashuv “Yuve”ning mag‘lubiyati bilan yakunlansa, u holda Pirlo o‘sha kunning o‘zida iste’foga chiqariladi.

Pirloning ishdan olinishi haqidagi mish-mishlar ancha vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Bu “Yuventus”ning Chempionlar ligasi va A Seriyadagi muvaffaqiyatsizliklari bilan bog‘liq.

A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Yuventus" — "Napoli" bahsi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soap 21:45da boshlanadi. Hozircha “Yuventus” musobaqa jadvalida 5-o‘rinda, “Napoli” esa 6-o‘rinda bormoqda. Har ikkala jamoa hisobida bir hil – 56 tadan ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!