
Pirlo Ronalduning “siri”ni ochdi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduning 35 yoshida ham yuqori saviyada o‘ynay olayotganini “siri” uning mashg‘ulotlarga munosabatida ekanini ta’kidladi.
- Ronaldu juda ko‘p ter to‘kadi. U mashg‘ulotlarga birinchi kelib, uyiga oxiri ketadi. Krishtianu mavsumni zo‘r boshladi va oxirigacha shunday bo‘lib qolishiga umid qilaman. Men undan har bir uchrashuvda bir-ikkita gol kutaman. Ronaldu biz uchun juda muhim o‘yinchi. Rimdagi o‘yinda biz kuchsiz edik va u o‘yin oxirigacha “Yuventus”ga katta yordam berdi. U hamma o‘yinchilar uchun o‘rnak, - dedi Pirlo.
Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda A Seriyada ikkita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga erishdi.
Fikrlar