
Piter Xyuistra: "Nasaf"ni jiddiy o‘rganishimizga to‘g‘ri keladi
Biroz avval O‘zbekiston Superligasining 2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilganidan xabardorsiz. Ushbu tadbir yakunida amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasining bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Nasaf"ga qarshi to‘qnash kelishimizni kutmagandim. Ammo qur’a shuni taqozo etmoqda. "Nasaf"ni jiddiy o‘rganishimizga to‘g‘ri keladi. Ular juda chiroyli o‘yin namoyish etishiga aminman.
Har yili qandaydir o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Hozirgi vaziyatimiz ham bundan mustasno emas. Yo‘qotishlar o‘rnini qoplash maqsadida, kuchliroq tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilyapmiz. Keling, barchasi qanday ko‘rinish olishini kuzatamiz. Uzoq davom etuvchi mavsum oldida turibmiz. Biroz vaqt o‘tgachgina aniq ko‘ra olamiz: "Paxtakor" yaxshiroq holatdami yoki yo‘q", - dedi Piter Xyuistra.
Fikrlar