
Piter Xyuistra "Paxtakor"ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lganini aytdi
“Paxtakor” klubi joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini Andijonda qabul qilib oldi. O‘yin yakuniga etganidan keyin “Paxtakor” ustozi Piter Xyuistra mag‘lubiyatning sabablari haqida fikr bildirdi.
- Bugun bizga qiyin bo‘ldi. “Andijon” hisobda oldinga chiqib olgach, juda zich himoyalandi. Shu sababli himoyani yorib o‘tishimiz ancha qiyin kechdi. Buning uchun “Andijon” jamoasini tabriklagan bo‘lardim. Bizda esa birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Bugun qanaqadir futbol o‘ynashimiz qiyinroq bo‘ldi. Lekin oldinga qarab davom etamiz.
- “Andijon”ning oxirgi o‘rindaligi o‘yindan avval “Paxtakor”ni bo‘shashtirdimi?
- Oldin ham aytgandim, hozir ham aytaman: Superligada oson o‘yinlar yo‘q. Ayniqsa, oxirgi o‘rindagi klublar juda zich himoyalanib, uyushqoq o‘ynashadi. Bu bilan turnir jadvalidagi yuqori o‘rinlarda borayotgan klublarni bemalol qiynab qo‘yishi mumkin. Bugun shu narsaga guvoh bo‘ldik.
- “Paxtakor”ning o‘yinida nima uchun pasayish kuzatilyapti?
- Masalan, “Metallurg”ga uchta gol urdik.”Navbahor” bilan ham yaxshi o‘ynagandik. Lekin bugun o‘yinimiz o‘xshamadi. Boya aytdim, pastki o‘rinlardagi jamoalar gol ursa, keyin ular juda zich himoyalanishadi. Qolaversa, bunday maydonda futbol o‘ynashning imkoni yo‘q. Biz har doim futbol o‘ynashni xohlaymiz. Afsuski, bunday maydonda buni uddalashning imkoni yo‘q edi. To‘pni oldinga tepib o‘ynash – bu bizning futbol emas. Shuning uchun o‘yinimiz o‘xshamadi.
- Hakamlar brigadasiga ko‘plab e’tirozlar bildirdingiz. Bunga asosiy sabab?
- O‘yin paytida hakamlarga hech nima deganim yo‘q. Faqat ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shilganida e’tirozlarimni bildirdim. Chunki ko‘plab o‘yinchi almashtirishlar bo‘ldi. Bundan tashqari, “Andijon” futbolchilari maydonga ko‘p yotib olishdi. Shu sababdan qo‘shilgan to‘rt daqiqani juda kam deb tortishdim. Shuni muhokama qildim, boshqa paytlarda e’tirozim bo‘lmadi.
- “Andijon”ga shuncha jamoalar keldi, ammo birinchi marta maydon borasida e’tiroz bo‘lyapti. Balki bu “Paxtakor”ning yutqazgani bilan bog‘liqdir?
- Birinchi navbatda sizga maydonga chiqib yaxshilab nazar tashlashni maslahat berardim. Keyin fikr bildirishingiz mumkin.
- Andijon va “Bobur arena” yoqdimi?
- Albatta, O‘zbekiston shaharlari yoqadi. Men to‘rt yarim yildan beri shu erda yashayman. Juda chiroyli va yoqimli. Bunday shaharlarni ko‘rishdan har doim zavqlanaman.
Fikrlar
Trenerga kese uni gaplari bohonadan boshqa narsamas bolla voxli yutishiga ishonvordi shunga yeb qoyishdi keyin jamoa ham ja unaqa kuchli emas bu ketishda OCHL 2022 dayam grupadan chiqomimiz shekilli bunaqa sistema bn uzoqqa borib bo'midi PAXTAKOR