Piter Xyuistra: "Raqib murabbiyining tanlagan taktikasidan keyin ko‘proq hujumga o‘tish imkoniyatimiz bo‘ldi"

  • 25 sentabr, 2021, 22:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turida “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Turon”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keiyn "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra uchrashuv xususida fikrlarini bildirdi.

Tecno

- O‘yinni juda yaxshi boshladik. Gol ham urdik. Birinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘ldik. Tanaffusga chiqishdan oldin futbolchilar biroz hushyorlikni yo‘qotishdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 5 daqiqasida ko‘rsatgan o‘yinimizni tushunmadim. Bu men bilgan “Paxtakor” emasdi. Sustkashlikka yo‘l qo‘yishimiz natijasida raqib muvozanatni tikladi. Lekin keyin tashabbusni qo‘lga oldik. O‘yindagi ustunlikni hisobda ham aks ettirdik. Qaysidir ma’noda o‘tgan tur “Andijon”dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotladik. Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda raqib oldinga o‘tdi. Ular tanaffusdan so‘ng yangi hujumchi bilan maydonga chiqishdi. Natijada ularning murabbiyi tanlagan taktikadan so‘ng bizda ko‘proq hujumga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi. Hisobni tenglashtirishgani bilan bizga ko‘p bo‘sh hududlarni yaratishdi. “Turon”ning o‘zgarishlari bevosita bizning o‘yinimiz o‘zgarishiga olib keldi. To‘liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo‘q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo‘q. Futbolchilar juda yaxshi holatda.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!