Piter Xyuistra sifatsiz maydon, hakamlar va "Turon"ning nega oxirgi o‘rindaligi haqida gapirdi

  • 24 oktabr, 2021, 23:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 23-turida “So‘g‘diyona” - "Paxtakor" (1:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Bugun tarkibni aniqlash borasida qiyinchilikka duch keldik. Milliy termadan jarohat bilan qaytganlar bor edi, yoshlar termasiga chaqirilgan futbolchilar bor va yo‘qotishlarimiz katta bo‘lgani bois qaydnomaga yosh futbolchilar ham kiritildi. Bugun yoshlar "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda yaxshi o‘ynashdi deb o‘ylayman. Xursand qilgan jihat juda yaxshi bo‘lmagan maydonga qaramay, biz erdan uzatmalar berib, bir necha marta chiroyli kombinatsiyalar tashkil qila oldik.

Bugun menga yoqmagan ikki jihat bo‘ldi. Birinchisi, adashmasam ikki tur oldin shu hakam Qo‘qondagi o‘yinni boshqarib borgandi. Uch turda ikkinchi marta bir hakamning "Paxtakor"ning safardagi o‘yiniga tayinlanganini tushunmadim.

Ikkinchisi juda ham yomon maydon. Bu shunchaki yomon emas, juda va juda yomon holatdagi maydon! O‘xshatishimiz qo‘pol chiqar, ammo Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi! Muxlislar birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalar ishtirokidagi o‘yinda chiroyli futbol ko‘rmadik deb e’tiroz bildirishi mumkin, lekin avval maydonga boqish kerak. Sifatli futbol nega bo‘lmaganini maydon aytib turibdi. Maydon bo‘lmasa hech qachon sifatli futbol va futbolning o‘sishi bo‘lmaydi! Umid qilamanki, bu borada ishlar amalga oshirib boriladi.

"So‘g‘diyona" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Ular ham o‘z vazifalarini bajarish uchun kurashishmoqda.

piter_3

Bizning oldimizda ham uchta o‘yin bor, chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘ldik va endi yoshlarga ko‘proq imkoniyat beramiz. Keyingi o‘yinlargacha jarohat olganlar safga qaytishadi, bundan tashqari U-23 saralashida ishtirok etgan futbolchilarimiz ham tarkibimizga qaytishadi. Xalqaro musobaqalar yosh futbolchilarga tajriba maktabi bo‘ladi.

Hakamlik umumiy darajada yomon emas. Hozir VAR bor, negadir hamma o‘yinda ham bu ishtilmaydi. Bugungi o‘yinda ham VAR bo‘lganida Matichning goli hisobga olingan bo‘lardi. VAR har bir o‘yinda ishlatilishi kerak edi. Hakam muxlislarning reaktsiyasiga bog‘lanib qoldi, mezbon futbolchilari maydonga yiqilsa muxlislar ta’siri ostida hakam jarima zarbalarini berib tashladi.

Maydonlar haqida ham gapirmoqchi edim, maydonlar Superliga yuzi hisoblanadi. Buni hal qilish kerak edi. O‘tgan mavsum maydonlar holati yaxshi edi, ammo bir yil ichida nima bo‘ldi-ki, biz oxirgi paytlarda safarda faqat yomon maydonda o‘ynayapmiz. Agar men ishlayotgan klubda shunday maydon bo‘lganida o‘zimni noqulay his qilgan bo‘lardim. Yaxshi maydonlar iqtidorli futbolchilarning o‘sib borishiga yordam beradi. Bunday maydonlarda yosh futbolchilar o‘smaydi.

"Turon" misolida bir gapni aytmoqchiman, ular barcha sharoitlarni yaratishgan, maydoni ham ajoyib. Bu jamoa nega ko‘p ochko jamg‘armayapti, bilasizmi? Sababi ular safarga borishadi va yomon maydonda o‘ynashadi, - deydi Piter Xyuistra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
25/10/2021 00:47
Афсайдда айтармиди майдон масаласини 2020 йилда батамом ҳал қиламиз деб... 2030-йилда ҳам ҳал бўлмаса керак бизда майдонлар муаммоси.
&
Kankret bola
25/10/2021 00:37
Bir tiyn bu gapla. Aniq xich kim xisobga omidi Sekeyrami Xyustrami boshqasimi farqi yo'q odamla laqma bo'mela va o'zilani aldamela nafaqat futbol sport balkim boshqa soxaladayam oraaga ketsa ketadi lekin o'zgarish bo'midi.
&
Бухорий Шариф
25/10/2021 00:49
Ҳақ сиз 101% га.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/10/2021 00:16
buncha gapdan keyin manimcha. PFL netral poliya utkazsa kerak. chunki bitta uyinchini jarohati butun poliyasini chimidan qimmat turadi. aniq. 29 chiga manimcha. netral poliya quysa kerak. chunki Nasaf hammaga malum. ofk fenalga uynaydi. 5 chiga bachala jarohat olsa. bitta Nasaf emas. butun boshli uzbek fudboliga yoqotish buladiki. keyin Sugdiyona rahbariyati ham shuncha gapdan keyin. Netral poliyaga uynaymiz deb chiqsa kerak. chunki kura bila turib ongli ravishka shu poliya ruhsat berish ochiqchasiga. Uzbek fudboli asli rasvolegini anglatadi. keyin PFL stadiyon talabka javob bermasa yo netral poliya yo raqib jamoa poliaysiga buladi devdiki. kutamiz. sayt hodimlaridan shu mafzu buyicha PFL hodimlari bilan muloqati va jurnalistlardan. qani Uzbek fudbolini sevsa. Diyorga savol javob qilib kurar. PFL uzini. obruyi uchun ham. netral poliya quysa. kerak.