“Piza” va “Verona” A Seriyadan tushib ketdi

  • 02.05.2026 03:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasining 35-turidan so‘ng “Piza” va “Verona” jamoalari elitani tark etdi.

“Piza” o‘z maydonida “Lechche”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 17-o‘ringa chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Shu tariqa, jamoa kelasi mavsumni Seriya Bda o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, “Piza” 1990/91 mavsumidan keyin ilk bor A Seriyaga qaytgandi, ammo uzoq qola olmadi.

“Lechche”ning g‘alabasi “Verona”ga ham salbiy ta’sir qildi — jamoa ham turnir jadvalidа qolib ketish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Veronaliklar 2019 yildan beri A Seriyada ishtirok etib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, A Seriyada har mavsum yakunida so‘nggi uch o‘rinni egallagan jamoalar quyi ligaga tushib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!